science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

“Qirmizi olma” Qashqadaryoda

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 19 Yanvar 2016 y Manba:mcs.uz

2016 yil 15 yanvardan 18 yanvargacha O‘zbek Milliy akademik drama teatrining ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga "Qirmizi olma” bilan gastrol safarda bo‘ldilar.

O‘zbek Millik akademik drama teatrining Imomi A’zam xazratlari haqidagi rivoyat asosida yaratilgan "Qirmizi olma" spektakli Qashqadaryo viloyatidagi madaniyat va aholi dam olish markazlarida tomoshabinlar hukmiga havola etildi.

O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muyassar Berdiqulova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova, aktyorlar Sobir Otajonov va Soxibkamol Saynazarov ijrosidagi "Qirmizi olma” spektakli dastlab viloyat musiqali drama teatrida namoyish etildi. Chuningdek, O‘zbek Millik akademik drama teatri yetuk san’atkorlari tomonidan ijro etilgan spektaklni Qarshi tumanidagi "Kajor”, Nishon tumanidagi Ch. Begimqulov nomli, Kasbi, Kitob, Yakkabog‘ tumanlaridagi Markaziy madaniyat va aholi dam olish markazlarida 1300 nafardan ziyod qashqadaryoliklar miriqib tomosha qildilar.

- Respublikamizning chekka hududlarida qad rostlagan madaniyat va aholi dam olish markazlarini ko‘rib kishining ko‘zi quvnaydi, - deydi O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova. – Ayniqsa, 400-500 kishilik tomosha zallari markazdagi san’at saroylaridan kam emas. Bu saroylar sahnasida rol ijro etgan aktyorning ham, zaldagi tomoshabinning ham ko‘ngli olam-olam zavq oladi.

- O‘zbek teatr san’atining muxlisiman, - deydi kitoblik Gulandon Sattorova. - Xalqimiz hurmat, e’tiboriga sazovor bo‘lgan teatr aktyorlarining tumanimizga tashrif buyurishi hamda ular ijrosidagi ibratli spektakni otomosha qilish baxtiga sazovor bo‘lganimdan mamnunman. Halol, pokdamon momoning obrazi Dilbar Ikromova talqini judayam samimiy yaratilgan. Spektakl so‘ngida momo: qizimni kar deganim yomon so‘zlarni eshitmagan, ko‘zini ko‘r deganim xunuk joylarni ko‘rmagan, tili soqov deganim xunuk so‘zlar aytmagan, oyog‘i cho‘lok deganim yomon joylarga bormagan, deb izoh berishi tomoshabinlarning qalbini larzaga soldi. Insonlarni bu spektakl har bir tishlam luqmani halollab yeyishga chorlaydi. Poklik, halollik ortida ulug mukofot borligini ta’kidlaydi.

Men bir qishloq fuqarosi sifatida mana shunday gastrollarni tashkillashtirayotgan Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbek Millik akademik drama teatri ijodkorlariga qishloqdoshlarim nomidan minnatdorchilik bildiraman. Biz bu kabi madaniy tadbirlarni chekka hududlarda yanada ko‘proq o‘tkazilishini juda ham istardik.

Mamlakatimizning barcha hududlarida foydalanishga topshirilayotgan Madaniyat va aholi dam olish markazlarida Vazirlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan bu kabi spektakllar namoyishi, konsert dasturlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar joriy yilda uzluksiz ravishda o‘tikazilishi rejalashtirilgan.