Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

'AMIR TEMUR – BUYUK SARKARDA VA DAVLAT ARBOBI' MAVZUSIDA ILMIY SEMINAR O'TKAZILDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 7 Апрел 2017 Manba:edu.uz

2017 yil 6 aprel kuni Guliston davlat universiteti ARM zalida professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida “Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida ilmiy seminar o’tkazildi.
Seminarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor E.Nasirov, “Tarix” kafedrasi mudiri, dotsent O.Nazarov, “Tarix” kafedrasi dotsenti, viloyat Amir Temur jamg’armasi raisi O’.Erbo’taeva, “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi katta o’qituvchisi U.Mavlyanov, “Tarix” kafedrasi katta o’qituvchisi Sh.Bekturdiev, Guliston shahar “Kamolot” YoIH Boshlang’ich tashkiloti raisi o’rinbosari D.Akabaev, ARM direktori O.Oqyigitov va 117 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Ilmiy seminarda so’zga chiqqan olimlar: “Tarix” kafedrasi mudiri, dotsent O.Nazarov “Amir Temurning fan olamida tutgan o’rni”, viloyat Amir Temur jamg’armasi raisi, t.f.n., dotsent O’.Erbo’taevaning “Amir Temur buyuk davlat arbobi” va boshqalarning Amir Temur hayoti va davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga doir chiqishlari tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otdi.
Bobokalonimiz Amir Temurning tavalludining 681 yilligi ayni kunlarda yurtimizda va xalqaro miqyosda nishonlanayotgani bugungi avlodlar qalbida cheksiz iftixor tuyg’usini jo’sh urdirmoqda.