'Mardlar qo'riqlaydi Vatanni!'

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 12 Yanvar 2017 Manba:mcs.uz

2017 yil 10 yanvar kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi hamda JG‘MHO hamkorligida Qarshi halqaro aeraporti, Qarshi tuman Honobod massevi yo‘nalishidagi 15473-son harbiy qism, Aeraport yo‘lidagi 11643-86729-23716-son harbiy qismlarda harbiy hizmatchilar uchun "Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 2017 yil 11 yanvar kuni Qarshi davlat universitetida 9205-sonli harbiy qism harbiy hizmatchilariga, Serjantlar tayyorlash maktabi hamda Muborak tumanidagi bolalar musiqa va san’at maktabida 53943-son harbiy qismlarda "Bayramingiz muborak aziz Vatan posbonlari” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
2017 yil 12 yanvar kuni Qarshi davlat universitetida 58829-sonli harbiy qism hamda Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi harbiy qismlarda madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehmonali Salimov, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri aktrisasi Maqsuda Otajonova, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi rahbari Lola Saodatova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Muhammad Ochil, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Nilufar Umarova, O‘zbeknavo estrada birlashmasi xonandalari Shaxnoza Eshonqulova, Ilxom Sidiqovlar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.