'Vatan ximoyachilari kuni' Yangiobod tumanida ham nishonlandi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 14 Yanvar 2017 Manba:mcs.uz

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2017 yilning 14-yanvar kuni 19-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tumandagi xarbiy qism askarlari va ularning oila a’zolari hamda tegishli tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Ushbu bayram tadbirini tuman hokimi nomidan tuman hokimi tashkiliy kadrlar va axborot taxlil bo’limi mudiri J.Isroilov bayram tabrigini barcha yig’iliganlarga o’qib eshittirdi.
Shundan so’ng askarlarning bir guruhi davlatimizning mukofotlari hamda tuman hokimligining faxriy yorliq va etalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
So’ngra tuman Madaniyat va sport ishlari bo’limi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.