Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

12-13 yanvar kunlari 'XXI asr - intellektual avlod asri' shiori ostida yosh olim va talabalarning respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkaziladi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 8 Yanvar 2017 Manba:edu.uz

Joriy yilning 12-13 yanvar kunlari Toshkent shahrida “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida yosh olim va talabalarning respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy fan, ta’lim, texnika va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalashga ko‘maklashish, ular o‘rtasida hamkorlik muhitini rivojlantirish, ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, innovatsion g‘oya va ishlanmalarini amaliyotga tatbiq qilishdan iborat.
Tashkilotchilar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati.
Konferensiya “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015 yil 10 dekabrdagi 65-sonli majlisi bayoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ga muvofiq o‘tkazilmoqda.
Konferensiya haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni Press relizdan olishingiz mumkin