2017 yil 29 may kuni Buxoro davlat universitetida “Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va oliy ta’limning ustuvor vazifalari, Buxoro viloyati Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonining borishi” mavzusida brifing o‘tkazildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 30 May 2017 Manba:edu.uz

Unda viloyatdagi mavjud Oliy ta’lim muassasalarining prorektorlari matbuot anjumani xodimlariga o‘zlari faoliyat yuritayotgan oliygohlarda olib borilayotgan jarayonlar to‘g‘risida axborot berdilar. Jumladan, A.Qodirovning Buxoro davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi ma’ruzasida 2016 yil davomida universitetda Ma’naviy va mafkuraviy tahdidlarni oldini olish maqsadida 51 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani, mazkur chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra jami 33 ta hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilgan tadbirlarga 110 nafar professor-o‘qituvchi, 3500 nafar talabalar jalb etilgani ta’kidlandi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori t.f.d., B.Safoyevning ma’ruzasida Oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, Buxoro Muhandislik texnologiya instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, prof. Q.Olimovning ma’ruzasida esa 2013-2017 yillarda institut talabalaridan 7 nafari Beruniy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lib, 20 nafari xalqaro va Respublika miqyosidagi sport musobaqalari sovrindorlari bo‘lishgani qayd etildi.
Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filiali, gidromelioratsiya fakulteti dekani, t.f.d, N.Murodov Filialning xalqaro nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan mustahkam aloqalari o‘rnatishga, Javaharlal Neru nomidagi Dexli Universitetining “Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari ilmiy tadqiqot markazi” direktori prof. Sanjay Kumar Pandey, Vashingtondagi Amerika Universiteti (AQSH) professori Maykl Brodi tashrif buyurib, ma’ruza o‘qishgani e’tirof etildi.