AQSH Prezidentining ilm-fan bo'yicha vakili professor Linda Abriola xonimning Urganch Davlat universitetiga qilgan tashrifi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 12 Iyun 2017 Manba:edu.uz

2017 yil 7 iyun kuni AQSH Prezidentining ilm-fan bo‘yicha vakili professor Linda Abriola, AQSH Davlat departamentining ilmiy texnikaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha koordinatori Xeyli Smit, AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasining atrof-muhit fan, texnologiya va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha 2 chi kotibi Kler Tomas, AQSH ning O‘zbekistondagi elchixonasining atrof-muxit fan, texnologiya va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha mutaxassisi Yekaterina Biryukovalar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Mehmonlar universitetda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng universitet madaniyat saroyida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda universitet talabalari “Tufts universitetida o‘qish imkoniyatlari”, “STEM sohasiga talabalarni jalb qilish imkoniyatlari”, “Injeneriya sohasida erishilayotgan so‘nggi yutuqlar”, “AQSH ta’lim tizimi va talabalarga beriladigan imkoniyatlar” kabi savollargi javob oldilar. Shuningdek uchrashuvda O‘zbekistonga matematika sohasida ilmiy izlanishlar olib borish uchun tashrif buyurgan AQSHlik talabalar ham ishtirok etdilar.