science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

AZIZ VATANDOSHLAR, HAR KUNINGIZ NAVRO‘Z BO‘LSIN!

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 24 Mart 2018 Manba:edu.uz

Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan Navro‘z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Asrlar davomida el-yurtimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etib kelayotgan Navro‘z mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmunga ega bo‘lib, tom ma’noda umumxalq bayramiga aylandi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida o‘tkazilgan “Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan madaniy-ma’rifiy bayram saylida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi viloyat korxona, tashkilot va muassasalar rahbar-xodimlari o‘rtasida “Osh tanlovi” hamda talaba-yoshlar o‘rtasida milliy sport o‘yinlari tashkil etildi.
Bayram saylida talaba-yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan milliy sahna ko‘rinishlari va milliy taomlar ko‘rgazmalari namoyish etildi. Sayil davomida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga milliy taom bo‘lmish sumalak va osh tarqatildi.
Xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlikni yanada kuchaytirish hamda mehr-muruvvat va beg‘araz yordam kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish maqsadida Navro‘z umumxalq bayrami arafasida filial jamoasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi 7 nafar kam ta’minlangan oila farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazilib berildi hamda ularga qimmatbaho sovg‘a-salomlar ulashildi. “Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan madaniy-ma’rifiy bayram sayli yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.