Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida institut pedagogik jamoasi o‘rtasida kengaytirilgan Ilmiy Kengash o‘tkazildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 28 Апрел 2017 Manba:edu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonli qarorining mazmun-mohiyatini institut pedagog-xodimlari orasida keng targ‘ib qilish maqsadida institut majlislar zalida joriy yilning 28 aprel kuni kengaytirilgan Ilmiy Kengash bo‘lib o‘tdi.
Kengashni institut rektori Q.Orazimbetov ochdi va olib bordi. U o‘z so‘zida Prezidentimizning qarorining boshqa ta’lim tizimiga oid qarorlardan farqli va o‘ziga xos jixatlari, shuningdek, 2017-2021 yillarda ta’lim jarayoniga kiritilayotgan o‘zgarish va yangiliklarni bayon qilib, qarorning har bir bandiga batafsil to‘xtalib tushuntirib berdi. Aytish joizki, mazkur qarorning 35-ilovasida institutning ham invistitsiya dasturiga kiritilganligi hamda bu borada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlarga alohida ta’kidladi. Shuningdek, u o‘z so‘zida joriy yilning 26 aprel kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan kollegiya majlisidagi masalalar va ularning ijrosi yuzasidan tegishlli topshiriqlar berdi.
Shundan so‘ng, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori Q.Qodirov so‘zga chiqib, mazkur qaror bugungi pedagog xodimdan chuqur bilim va ilmiy salohiyat, tinimsiz o‘qib o‘rganishlar, izlanishlar talab qilishini hamda yoshlarni zamon talablariga mos ravishda har tomonlama yetuk, yot g‘oyalarga qarshi mukammal immunitet va tanqidiy tafakkurli, komil insonlar qilib tarbiyalash oldimizda turgan eng ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, yig‘ilishda Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor M.Jalelov, institut professori Q.Qoshshanov va dotsent D.Mamirbaevalar chiqib, mazkur qarorning ayni bugungi kun ta’lim tizimidagi dolzarbligi va qimmati xususida o‘z fikrlarini bildirishdi.
Shundan so‘ng institutda mazkur qaror asosida fakultetlarda, kafedralarda hamda har bir akadem guruhlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan targ‘ibot ishlari belgilab olindi hamda yuqorida bildirilgan fikir-mulohazalardan kelib chiqqan holda kengash qarori ma’qullandi.