Alisher Navoiyning 576 yilligi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 9 Fevral 2017 Manba:urdu.uz

2017 yil 9 fevral kuni Talabalar turar joyining ma’naviyat xonasida Alisher Navoiyning 576 yilligi keng nishonlandi. Tadbir davomida Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti va o‘zbek adabiy tili ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkorligi, biror adabiy til hech qachon biror adibning nomi bilan atalmaganligini, ammo XV asrdan boshlab o‘zbek tili Navoiy tili nomi bilan tanila boshlagan. SHarq mamlakatlarining ko‘plarida Navoiy an’analarining davomchilari paydo bo‘lganligini ta’kidlab o‘tishdi. Kafedra professor -o‘qituvchilari ma’ruzalari davomida xamsachilik yaqin va O‘rta SHarq xalqlari klassik adabiyotida uzoq va murakkab tarixga ega bo‘lgan adabiy an’anadir. Xamsachilik an’anasi XV asrga kelib ancha keng tus oldi. Faqat uch shoirgina ulug’ xamsanavis bo‘lib, Nizomiy qatoridan o‘rin olishga muyassar bo‘ldi, uning asari bilan bellasha oladigan “Xamsa” yaratdilar. Bular ulug’ hind shoiri Xisrav Dehlaviy (1253-1325), ulug‘ fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va ulug’ o‘zbek shoiri Alisher Navoiydir.


Alisher Navoiy – «Xamsa»ni yozishga kirishganda 42 yoshda bo‘lib, ayni ijodiy kuchga to‘lgan, hayot tajribalariga ega bo‘lgan mashhur shoir, el e’tiborni qozongan buyuk olim va davlat arbobi edi. Navoiy jahondagi eng sermahsul ijodkorlar sirasiga kiradi. 100000 baytdan ortiq lirik va epik asarlari jahon madaniyati xazinasiga bebaho hissa bo‘lib qo‘shildi. Navoiy qoldirgan ilmiy-adabiy meros hayratlanarli darajada ulkandir. SHoirning epik asari "Xamsa", to‘rt lirik devonni o‘z ichiga oluvchi "Xazoyin-ul maoniy" asari, falsafiy dostoni "Lison-ut tayr", tarixga oid "Tarixi anbiyo va hukamo", "Tarixi muluki Ajam", adabiyoshunoslikka oid "Mezon -ul avzon", "Majolis-un nafois", tilshunoslikka oid "Muhokamat-ul lug‘atayn", axloqiy-falsaviy asari "Mahbub-ul qulub, tasavvuf tarixiga oid "Nasoyim-ul muhabbat", ruboiylar majmuasi "Nazmul javohir", diniy mavzudagi "Arbain", "Siroj-ul muslimin", xotiralari "Xamsatul mutahhayirin", "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", "Holoti Pahlavon Muhammad", maktublar to‘plami "Munshaot", vaqf ishlari haqida "Vaqfiya" va boshqalar to‘g‘risida talabalarga ma’lumotlar berdilar.