Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Amir Temir hiyobonida Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo'yildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 9Aprel 2016y Manba:uzreport.uz

Bugun 9 aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Shu munosabat bilan an'anaga ko’ra poytxatimizdagi Amir Temir hiyobonida Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo'yildi. Buyuk bobokalonimizning 680 yillik tavallud ayyomida yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda qayd etilganidek ma'naviyatni yuksaltirish yo'lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar jarayonida Amir Temur merosi shijoat, mardlik va adolat namunasi sifatida qadr va e'zoz topmoqda. Binobarin, Sohibqiron qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat va ma'naviyat homiysi, dunyo sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk bunyodkordir.
“Oltin meros” Xalqaro xayriya jamg'armasi boshqaruv raisi Amirqul Karimov “UzReport”AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
– Amir Temur va temuriylarning davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik sohalaridagi ulkan va boy merosini o'rganishga qiziqish jahon miqyosida ham tobora ortib bormoqda. Yurtimiz va xorijda temuriylarning dunyo sivilizatsiyasi ravnaqiga qo'shgan ulkan hissasiga oid ko'plab asarlar yaratilmoqda, Ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ular Sohibqiron shaxsiyati va uni yetishtirgan zamin, tarixiy shart-sharoitlarga doir yangi-yangi qirralarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizda bu borada amalga oshirligan ishlarga ko’plab misollar keltirishimiz mumkin. Xususan Jamg’arma va ijodkor do’stlarimiz bilan birgalikda “Buyuklik yo’li”nomli kitobni nashr qildik. Ushbu kitobda bobokalonimizning diplomatik va bunyodkorlik salohiyatini qolaversa, mamlakatda adolat o’rnatish uchun amalga oshirgan ishlarini yoritishga harakat qildik.
Shu o'rinda aytish joizki bugungi farovon hayotimiz haqida mushohada qilar ekanmiz uning zamirida Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil davlatchiligimiz asosi – Konstitutsiya va unda kafolatlangan qonun va qoidalar mujassam ekaniga ishonch hosil qilamiz. Adliya Vazirligi boshqarmasi Targ'ibot va ma'rifat bo'limi boshlig'i Abror Berdiyevning so’zlariga ko’ra Sohibqironnning «Temur tuzuklari» asarida davlatni oqilona boshqarish, o'ta mushkul vaziyatda ham to'g'ri qarorlar qabul qilish, har bir masalada uzoqni ko'zlab, el manfaatini o'ylab ish tutish bilan bog'liq teran fikrlar, bebaho yo'l-yo'riqlar o'z ifodasini topgan.
Poytaxtimiz markazidagi Amir Temur hiyobonida qad rostlagan Sohibqiron siymosiga boqarkansiz, xayolingizdan ana shunday fikrlar o'tdi. Xiyobonda biz Amir Temur tavalud topgan qishlog'idan poytaxtimizdagi hiyobongacha 411 kilometrlik masofani 680 qadam piyoda bosib o'tgan inson bilan suhbatlashdik .
Xolboyev Abdujabbor:
– Joriy yilning 25 – martida biz 5 nafar xavaskolar “680 ming” shiori ostida yo’lga chiqib , Toshkentga yetib keldik. Yo’l davomida yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bizni quvontirdi. Bizning Adhamjon ismli tadbirkor hamrohimiz Samarqandda 680 ming tub daraht ko’chatlarini o’zi bilan olgani quvonchimizga yanayam quvonch qo’shdi. Ushbu ko’chatlarni Samarqand shahridagi Go’r Amir maqbarasi yoniga va Shoxi Zinda ziyoratgohiga shu bilan birga, bosib o’tgan yo’llarimizga ekdik. Qolgan 30 tup ko’chatni biz Toshkent shahar hokimiyati hamkorligida Mirzo ulug’bek tumanidagi Anhor bo’yiga ekishga erishdik .
Xiyobonda shuningdek nabiralarini yetaklagan onaxonu otaxonlar, Temur haykaliga qiziqish bilan boqib turgan bolakaylar, qizg'in suhbatga kirishgan talabalarning chehrasida bugungi tinch kunlardan shukronalik, mustaqil va obod Vatandan, buyuk ajdodimiz siymosidan g'urur-iftixor tuyg'ularini ko'ramiz.
Toshkent Davlat Yuridik universiteti talabasi Bekzod Zokirov:
– Biz Yuridik universitetining 1- kurs talabalarimiz . Universitetimiz aynan mazkur hiyobon yaqinida joylashgani bizni quvontiradi. Amir Temur bobomizning “Kuch – adolatdadir” degan o’gitlari tanlagan kasbizga bo’lgan ishtiyoq va sodiqligimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun biz Amir Temir hiyobonida Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo'ydik. Keyingi shu kunda yana ushbu an’anani davom etish niyatimiz bor.
Sohibqiron salobatidan hayiqib turgandek sokin, shu bilan birga fayzli xiyobon! Uning markazida Amir Temur haykali. Uning donishmand qiyofasi odamlarga hamjihat bo'lib yashash, Vatanni sevish, har ishda tadbirkor, haqgo'y va adolatli bo'lish, to'g'ri va baxtli yashamoq yo'l yo'riqlarini uqtiradi.





2015@ URDU | All rights are reserved.| Department of IT