Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Andijondagi harbiy qismlarda madaniy tadbirlar davom etmoqda

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 12 Yanvar 2017 Manba:mcs.uz

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi hamda "Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan 2017 yil 11 yanvar kuni Andijon shahridagi harbiy qismda askar va zobitlari ishtirokida madaniy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston xalq artisti Aziza Begmatova, kino va teatr aktyori Dilmurod Mirkomilov, suzish bo‘yicha Braziliyaning Reo-De-Janeyro shahrida o‘tkazilgan paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari Firdavs Musabekov, Muzaffar Tursunxo‘jaevlar askarlar bilan dildan suhbatlashdilar va askarlarning savollariga javob berdilar. Shuningdek, xonandalar Dostonbek Ahmadaliev, Akmal G‘anievlar tomonidan eng sara qo‘shiqlar, "Meros” jamoasi raqqosalari tomonidan go‘zal raqslar ijro etildi. Shu bilan birga, viloyat yoshlar teatri aktyorlari tomonidan harbiylar hayotiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi.