Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

BUYUK BOBOKALONIMIZ SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 681 YILLIGINI NISHONLASH VA XOTIRASINI YOD ETISHGA BAG'ISHLANGAN 'AMIR TEMUR – MA'NAVIY JASORAT SOHIBI' MAVZUSIDAGI MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 7 Апрел 2017 Manba:edu.uz

Mamlakatimizda mustaqillikka erishilgandan keyin istiqlolimiz asoschisi Islom Karimov tashabbusi bilan Amir Temurning ulug' tarixiy nomi, xotirasi qayta tiklandi, hayoti va faoliyatiga oid ko'plab kitob va risolalar o'zbek tilida chop etilib xalqimizning ma'naviy xazinasi yanada boyitildi. Har yili yurtimizdan yetishib chiqqan ulug' vatandosh bobolarimiz qatori Amir Temur bobomizning tavallud kuni ham keng nishonlanishi an'anaga aylandi.
Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi “Ma'naviyat va ma'rifat” markazi hamda Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi hamkorligida joriy yilning 6 aprel kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyining katta majlislar zalida “Amir Temur – ma'naviy jasorat sohibi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda taniqli olimlar, O'zbekiston Xalq artisti Tesha Mo'minov va keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad – aholi va yoshlar qalbida tarixiy xotiramiz, buyuk o'tmishimizga daxldorlik va vatanparvarlik tuyg'usini yanada chuqurroq singdirish, Amir Temurning ma'naviy hayotimizdagi o'rni haqida tushunchalar berishdan iborat bo'ldi. Tadbirda Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalaridan 200 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etdilar va tadbir so'ngida ular uchun muzey bo'ylab sayohat tashkil etildi.