Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Badiiy gimnastika. Poytaxtimizda Osiyoning eng kuchli gimnastikachilari bahs yuritishmoqda

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 10 May 2016 y Manba:mcs.uz

Mazkur qit’a chempionatida O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Tailand, Qozog‘iston kabi davlatlardan kelgan 160 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Chempionatning shaxsiy hisobdagi bahslarida Maftuna Quvondiqova, Yelizaveta Nazarenkova, Jasmin Yusupova va Sabina Toshkenboeva singari gimnastikachilarimiz Vatanimiz sharafini himoya qilishyapti. Guruh bahslarida esa Komila Rustamova, Farangiz Shodieva, Matluba Rashidova, Karina Tog‘aeva, Omina Qosimova va Anna Tendan iborat jamoamiz qatnashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga kelib gimnastikachilarimizdan 9 nafari "Rio-2016” o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishgan.
Jumladan, sport gimnastikasi ustalari Anton Fokin va Oksana Chusovitina, trampolinchi Yekaterina Xilko, badiiy gimnastikachilar Anastasiya Serdyukova (shaxsiy bahslarda), Samira Amirova, Valeriya Davidova, Luiza G‘anieva, Zarina Qurbonova va Marta Rastoburovadan iborat jamoamiz jamoaviy bahslarda Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasiga egalar.