Badiiy gimnastika: Olimpiya umidlari

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 22 Iyun 2016 Manba:mcs.uz

O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasining 2016 yil taqvim rejasiga asosan badiiy gimnastika sport turi bo‘yicha Namangan shaxrida 2016 yil 15-18 iyun kunlari ochiq Respublika turniri "Olimpiya umidlari” (”Olimpiyskie nadejdi”) musobaqalari o‘tkazildi.
Ushbu musobaqalarda Respublikmizning barcha viloyatlaridan kelgan badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoa a’zolari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi turnirida Buxoro viloyat terma jamoasi a’zolari hisobida 6 nafar sportchi (Azimova Xalimabonu, Temirova Ruxshona, Rustamova Jasmina, Salimova Dilnoza, Shirinova Madina, Dexkonova Ruxshona) 2 ta 3-o‘rinni, jamoaviy mashqlarda 6 nafar sportchi (Radjabova Mexrangiz, Karimova Nargis, Ko Alina, Razzakova Sevarabonu, Turaeva Mexrangiz, Salomova Farida) 1-o‘rinni va 5 nafar sportchi (Radjabova Mexrangiz, Karimova Nargis, Ko Alina, Davronova Marjona, Turaeva Mexrangiz) 1-o‘rinni egallashdi.