Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Bahor-yoz mavsumida Xalqaro turizm ko'rgazmasi o'z ishini boshladi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 13 Апрел2017 Manba:uzreport.uz

Ma'lumki turizm sohasi dunyodagi eng ilg'orlab borayotgan va iqtisodiy jihatdan tez o'sayotgan sohalardan biri hisoblanadi. O'zbekistonda turizm sohasi nisbatan yangi bo'lsada, u rivojlanishda ko'pgina sohalardan oldinga chiqib oldi. Chunki Xalqaro turizmni rivojlantirish uchun bizning diyor juda katta salohiyatga egadir. Mamlakatimizning turistik salohiyatini qo'llab-quvvatlashda Toshkentda an'anaviy ravishda o'tkazilib kelinayotgan xalqaro turizm ko'rgazmalarining ahamiyati juda katta.
Poytaxtimiz aholisi va uning mexmonlari yangi sayyohlik mavsumidagi yangiliklar, ishlab chiqilgan yangi sayyohlik yo'nalishlari va yangi xizmat turlari bilan bugun o'z ishini boshlagan 5- Dam olish dunyosi Xalqaro turizm ko'rgazmasida tanishishlari mumkin. “O’zekspomarkaz” majmuasining 3800 kvadrat metr yopiq va 3000 kvadrat metrda ochiq maydoni turizm stendlari, madaniy va gastronomik tadbirlar uchun ajratildi.
Ko'rgazma O'zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosini butun dunyoga targ'ib qilish va mamlakatga ko'plab sayyohlarni jalb etish maqsadida ikki kun davom etadi.
Ma'lumki xar bir davlatning urf odati va an'anasi uning milliy musiqa ,raqs va liboslari bilan ajralib turadi. Milliykni o'zida aks etirgan O'zbek raqs maktabidan joy olgan raqslar ham bugun o'zbek san'atini namoish etgan xolda 5 xalqaro o'zbek sayoxlik ko'rgazmasini ochib berdi. Tantanali ochilish marosimida namoish etilgan raqs dastalari va Respublika folklyor –etnografik ansablning chiqishi barcha ishtrokchilarni etiborini torta oldi.
Shundan so'ng Oliy Majlis Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoev hamda O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Anvar Sharapovlar kirish so'zi bilan ko'rgazmani ochib berishdi. Sodiq Safoev tomonidan takidlanganidek xozirda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida maxsus dastur ishlab chiqilmoqda. Bu esa albatta O'zbekistonining turistik saloxiyatini butun dunyoga tanitishga yordam beradi.
An'anaga ko'ra ko'rgazma har yili bahorgi –yozgi sayyohlik mavsumi arafasida o'tkaziladi. Bu esa ishtrokchi kompaniyalar va ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilarga turizm bozorida sayohat joyini to'g'ri aniqlab olishga yordam beradi.
Dam olish dunyosi yubiley ko'rgazmasida ilk marotaba Milliy pavilon taqdim etilmoqda. Bu yerda Mamlakatimizning eng so'lim go'shalari , mexmonxonalarning xozirgi kundagi narxlari, yangiliklar, chegirmalar haqida ma'lumotga ega bo'lish mumkin.
Pavilionda sahna tashkil etilgan bo'lib, unda folkler guruhlarning chiqishi va milliy liboslar namoishi o'tkazildi. Mazkur sahna pavilioning kulminatsion nuqtasiga aylana oldi. Ko'rgazmaning bu yilgi region bo'yicha hamkori Andijon viloyati bo'ldi. Ular tomonidan ko'rgazma davomida mexmonlarga milliy taomlar, shirinlik va ichimliklarni tatib ko'rish imkoniyati yaratildi.
Ko'rgazmaga tashrif buyurganlar O'zbekistoning barcha hududlariga amalga oshirgan sayoxatlarini xorijiy mamlakatlarning qumli soxilalari va xushmanzara maskanlarida davom ettirishlari mumkin. Buning uchun ko'rgazma stendlari uchun ya'na bir pavilion ajratilgan. Bu yerda Taylandan kelgan kompaniyalar, Turkiya , Rossiya , Chexiya , Ozarbayjonning dam olish maskanlari, davolanish va sog'liqni tiklash maskanlari haqida ma'lumotlar mavjud. Shu bilan birga ko'rgazmaga 50 dan ortiq yirik kompaniyalarning turli sohalar bo'yicha ish olib boruvchi vakillari ham tashrif buyurishdi.
Filip Buje Jurnalist (Fransiya )
- Men fransiyalik jurnalistman. Bu yerga kelganimga bir hafta bo'ldi. Xozir safarim bo'yicha hisobot tayyorlamoqdaman. U bir nechta bo'limdan iborat bo'lib, jumladan, tarix, turizm, arxeologiyani o'z ichiga qamrab oladi. O'zbekiston haqida nima deya olaman? Avvalo, uning juda boy tarixini ta'kidlagan bo'lardim. Samimiy insonlarni ham aytib o'tishim kerak. Mening nazarimda, aynan shu ikki jihat sayyohlarni, shu jumladan, Fransiyadan turistlarni jalb etish uchun yaxshi asos bo'lib xizmat qilish mumkin. Ma'lumot o'rnida aytishim mukin har yili Fransiyadan O'zbekistonga qariyb 50 ming nafar sayyoh keladi. Bu raqamni oshirish uchun esa barcha imkoniyalar mavjud.
Kristofer Endryu Tadbir ishtrokchisi (AQSH):
- O'zbekistonda ko'p marotaba kelishimga qaramay, bunday tadbirda ilk marotaba ishtirok etmoqdaman. Fikrimcha, bu kabi tadbirlar turizm salohiyatini yaxshi ochib beradi. Mamlakatingizda turizmni rivojlantirish uchun ulkan salohiyat bor. Shu sababli men O'zbekistonga har yili kelishni rejalashtirganman. Bu yer menga sayohat qilish uchun eng sevimli bo'lgan joylardan biridir. O'ylaymanki, O'zbekiston turizm nuqtai nazaridan Yer kurrasining hali to'liq ochilmagan maskanlaridan biri hisoblanadi. Umid qilamanki, bunday tadbirlar uni yanayam kengroq tanitishga yordam beradi
Shu o'rinda aytish joiz ko'rgazmada ashaddiy sayohatchilar turistik kompaniya va agentliklar tomonidan yangi mashrut va dam olish maskanlar bilan tanishishadi.
Yevgeniya Sisoyeva Tadbir ishtrokchisi (O’zbekiston):
­Bugungi kunda turizim bozorida juda ham ko'p kompaniyalar o'z faoliyatini olib bormoqda. Ularning faoliyat turi ham xar xil. Misol uchun qaysidir kompaniya ichki , qaysidir kompaniya esa tashqi turizm bilan shug'ulanadi. Ma'lumot o'rnida aytmoqchiman yoz mavsumida yurtimiz aholisi uchun O'zbekiston hududida joylashgan tarixiy va manzarali joylarga sayohatni arzon va chegirmali narxlarda amalga oshirish imkoniyati ham yaratildi. Bizning kompaniya ham xozirda nafaqat O'zbekiston hududi balki xorijga sayohat mashrutlarini kengaytirishni rejalashtirgan.
Shu o'rinda ya'na bir ma'lumot ko'rgazma doirasida milliy taomlar festivali ham o'tkazilib, unda Toshkentning 50 ga yaqin restaran va kafelari shuningdek Navoiy ,Jizzax , Namangan, Andijon va Xorazm viloyati vakillari ishtrok etishadi.