Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Baliqchidan ham olimpiya chempionlari chiqadi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 23 Dekabr 2016 Manba:mcs.uz

Yurtimizda yosh avlodni aqlan yetuk, ma’nan sog‘lom va barkamol bo‘lib kamol topishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida har qancha gapirsak oz. O‘zbegim yoshlarining yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, sog‘lom va baquvvat bo‘lib ulg‘ayotgani hamda mahalliy va xalqaro musobaqalarda erishayotgan yutuqlarida namoyon bo‘lmoqda. Istiqlol yillarida viloyat markazlaridan boshlab, eng chekka qishloqlarda bunyod etilib, ishga tushirilgan sport majmualari kelajak avlodning barkamolligiga xizmat qilayotir.
Jumladan, shu yili Andijon viloyatida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 23 ta yangi sport inshootlari qurilib, foydalanishga topshirildi. Ana shunday yurtimizning baxtli farzandlari uchun sovg‘a etilgan maskanlaridan bir Baliqchi tumanidagi sport majmuasidir. Taqdimot marosimi o‘tkazilgan tumani markazidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida umumiy loyiha qiymati 2 milliard 600 million so‘m bo‘lgan rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Sport saroyining ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, tuman ahlini yangi binoning ishga tushishi bilan tabrikladi. Endi qishloq bolalari tarkibida ming o‘rinli stadion, tashqi sport maydonchalari, 18x42 xajmli yangi sport zali, shuningdek, ma’muriy bino, kiyinish, yuvinish xonalari hamda boshqa zarur infratuzilmalar mavjud bo‘lgan ushbu majmuaga ega bo‘ldilar. -Maskanning faoliyat yuritishni boshlashi bilan hududdagi yoshlarning o‘zlari yoqtirgan sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi,- deydi BO‘SM ilmiy bo‘lim mudiri O‘tkirbek Qoraboev. – O‘ylaymizki, yaqin yillarda bizning Baliqchi tumanimizdan ham yurt bayrog‘ini xalqaro maydonlarda yuksaklarga ko‘taradigan jahon va olimpiada chempionlari yetishib chiqadi. Maskanda sportning 11 turi bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Faoliyat olib borilayotgan to‘garaklarda yoshlarga 65 nafar malakali murabbiylar ta’lim berishyapti. Ulardan bir nafari oliy toifali va 24 nafari esa birinchi toifali o‘z kasbining ustasi bo‘lgan pedagoglardir.
Sport maktabi tarbiyalanuvchilarining viloyat va Respublika miqyosida erishayotgan yutuqlari ham tahsinga sazovor. Boks to‘garagida shug‘ullanayotgan 40 nafar o‘quvchilar orasida iqtidorlilari ham talaygina. 8-umumiy ta’lim maktabi o‘quvchisi Elshod Qilichboev so‘ngi uch yil davomida viloyat chempionligini qo‘lga kiritmoqda. Yana bir yosh bokschi Xavasbek Asadullaev Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada sovrindor bo‘lib qaytdi. – Bir necha musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdim,- deydi yosh bokschi Elshod Qilichbekov. – Yangi qurilgan sport koshonasi yutuqlarimni ko‘payishiga xizmat qiladi, deb ishonaman.
Tajribali og‘ir atletika murabbiyi Xomidqul Matazimov ham o‘z shogirdlari har qancha faxrlansa arziydi. Sportning og‘ir atletika turi bilan shug‘ullanishni aynan shu maskanda boshlagan ayni paytda yurtimiz Yoshlar terma jamoasi tarkibi vakili Muattar Nabievani ham yoshlarga mahorat darslarini o‘tayotgan jarayonda uchratdik. Olti bora Respublika chempionligini qo‘lga kiritgan yosh umidli sportchi qiz – Muattar Nabieva shu yil Iordaniyada o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha Afroosiyo chempionatida birinchi o‘rinni hamda Gruziya davlatining Tbilisi shahrida bo‘lgan Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. – Hozirda Andijon Davlat universitetei talabasiman, og‘ir atletika sport turi bo‘yicha ilk saboqlarimni shu maskanda ustozim Xomidqul akadan o‘rgandim-,- deydi chempion sportchi. - Darsdan bo‘sh vaqtlarimda ustozimning yoniga kelib, mahoratimni oshirish bilan birgalikda o‘z bilganlarimni o‘quvchilar bilan o‘rtoqlashaman.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan barpo etilgan maskan eng so‘nggi rusumdagi sport va maishiy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, zamonaviy va milliy arxitektura andozalarida bunyod etilgan koshona tuman markazi ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. O‘ylaymizki, bilim dargohidan kelajakda Vatanimiz sportini ham ko‘klarga ko‘taruvchi mahoratli sportchilar yetishib chiqadi.