Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Bilimdonlar kuni

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 21 Апрел2017 Manba:edu.uz

Samarqand davlat universitetining 90 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Bilimdonlar kuni” munosabati bilan 2017 yil 20 aprel kuni universitetning Bosh binosida ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ingliz tilida “Sharq allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan o‘rni” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovda to‘rtta jamoa – “Ibn Sino” jamoasi, “Al-Xorazmiy”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Alisher Navoiy” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Jamoalar uchta shart, ya’ni tanishtiruv, sahna ko‘rinishi va savol-javob bo‘yicha o‘zlarining bilimi hamda qobiliyatlari namoyon qilib, ularning ishtiroki universitet ilmiy ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Yarmuhammedov – hakamlar hay’ati raisi, iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri D.Nasimov, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti prorektori A.Gadoyev, Samarqand davlat qishloq xo‘jaligi instituti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xasanov hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Nihoyat, natijada “Alisher Navoiy” jamoasi faxrli 1-o‘rinni, “Ibn Sino” jamoasi 2-o‘rinni, “Mirzo Ulug‘bek” va “Al-Xorazmiy” jamoalari 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bellashuv yakunida barcha jamoa qatnashchilari universitet rektorining sertifikat va diplomlari bilan taqdirlandi. Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishtirokchilarning barchasiga esdalik sovg‘alari topshirildi.