Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag'ishlangan professional boks kechasi o'tkazildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 29 Noyabr 2016 Manba:mcs.uz

Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi uchun professional boks kechasi tashkil etildi.
"Geolog” arenasida kechgan boks oqshomida yurtimiz charm qo‘lqop ustalaridan tashqari, Rossiya, Gruziya va Turkmanistondan kelgan bokschilar ham ringga ko‘tarilishdi. Boks kechasidan jami 7ta jang o‘rin olgan bo‘lib, ulardan 2tasi chempionlik kamari uchun kechdi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan janglarning birida Jamshid Najmiddinov raqibi Mansur Abdumamatovni muddatidan avval texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi. Ikkinchi chempionlik jangida yana bir hamyurtimiz, qarshilik Feruz Yo‘ldoshev gruziyalik Mixail Solononkini hakamlarning hisob-kitobiga ko‘ra yaqqol ochkolar ustunligi bilan yengdi. Ma’lumot uchun, ikkala jang ham ABCA yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionlik kamari uchun kechdi.