Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

DASTLABKI G'OLIBLAR MA'LUM

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 8 Iyun 2016 y Manba:mcs.uz

Namangan shahridagi Davlatobod dahasidan oqib o‘tuvchi Farg‘ona kanalida eshkak eshish slalomi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazildi.
Musobaqaning birinchi bosqichida Namangan, Andijon, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridan 120 nafar sportchi ishtirok etdi.
Suv sporti tulari tarkibiga kiruvchi qizg‘in bellashuvlar dasturidan o‘rin olgan ikkilik kanoeda eshkak eshishda tez uchish va maxsus slalomda poytaxtlik Muhibullo Ergashev va namanganlik Alisher Kamolov juftligi zafar quchdi. Mezbonlardan Enver Duvajiev va Mirjalol Mirzamahmudov ikkinchi o‘rinni egalladi. Farg‘onalik Ravshan Jumaev va Xurshid Ro‘zievdan iborat "tandem” kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Yakkaliklar o‘rtasidagi kanoeda eshkak eshish bo‘yicha tez uchishda Toshkent shahridan Janibek Temirgaliev marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Namanganlik Shahrizod Valijonov va poytaxtlik Ramil Kirpichyov mos ravishda ikkinchi, uchinchi o‘rinlarda qayd etildi.
Kayak eshish bahslarida Alibek Temirgaliev (Toshkent shahri) barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Ikkinchi o‘rin namanganlik Bobur Lutfullaevga nasib qildi. Poytaxtlik Abubakr Bukanov uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Musobaqaning ikkinchi bosqichi esa 22-26 iyun kunlari Andijon shahrida bo‘lib o‘tadi.