Dastur va loyihalar shaxsan Prezident nazoratida bo'ladi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 26 Фев 2017 Manba:uzreport.uz

Davlatimiz raxbari viloyatga tashrifining birinchi kuni Qashqadaryo viloyati faollari bilan uchrashdi. Yig'ilishda Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish, yosh avlod tarbiyasi haqida so'z bordi.
Prezident bugun olib borilayotgan barcha islohatlar, sa'yi harkatlar aholi uchun munosib turmush tarzini yaratib berishga qaratilgani, bu borada ko'zlangan maqsadlarga yetishishda esa eng avvalo ijro organi, rahbarlarning dunyoqarashini o'zgartirish kerakligini ta'kidlab o'tdi.
Uchrashuvda Prezident qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash, viloyatning eksport salohiyatini ko'tarish, infratuzilma ob'ektlarini rivojlantirish, aholini gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan ta'minlash masalalariga e'tibor qaratdi. Bu borada hayotga tadbiq etiladigan dastur va loyihalarga birma-bir to'htalib o'tdi.
Keyingi ikki yil davomida Qashqadaryo viloyatida 307 000 tonna meva-savzavot mahsulotlari qayta ishlanib, bu borada 97 ta loyiha amalga oshiriladi.5000 gektar tokzorlar barpo etiladi.
Bundan tashqari, aholini kafolatli daromad bilan ta'minlash maqsadida viloyatda baliqchilik, kurka, tovvuq, quyon, zotli otlar, qolaversa limon, yong'oq, shafran yetishtirish bo'yicha loyihalar hayotga tadbiq etiladi. Viloyatda paxtani qayta ishlash to'qimachilik korxonalarini tashkil etish hisobidan 6% dan 67 % ga yetkaziladi.
Davlatimiz rahbari faollar yig'ilishida sog'liqni saqlash, yoshlarning ta'lim tarbiyasi, ularni turli yod oqimlardan himoya qilish masalalariga ham urg'u berib, bu bo'yicha ota- onalar, maktab, mahalla, umuman jamoat tashkilotlarining mas'uliyatini oshirish lozimligini ta'kidlab o'tdi.
Ayniqsa viloyatda tibbiy xizmatlar, xususan birlamchi tez tibbiy yordam, patranaj sifatini yaxshilash, kordiologik, endokrinologik kasalliklarni davolash, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, shahar va qishloqlarning sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan ko'rsatmalar berdi.
Davlatimiz rahbari shuningdek, aholi talabidan kelib chiqib, ularni arzon uy-joylar bilan ta'minlash davlatning asosiy vazifalardan bo'lib qolishini ma'lum qildi. 2-3 xonali uy-joylarning 2 sotix yeri ham bo'lib, aholi u yerda issiqxona qilishi yoki tomorqasida tovvuq boqishi yoki meva-sabzavotlar yetishtirib, sotishi mumkin. Shu yo'l bilan olingan kreditni qaytarishi oson bo'lishini ham asoslab berdi.
Yig'ilishda bosh vazir o'rinbosarlari Qashqadaryo viloyatida amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, ularning moliyaviy manbaalari, tashkil etiladigan korxonalar, yaratiladigan yangi ish joylari yuzasidan hisobot berishdi.
Loyihalarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish bo'yicha Shavkat Mirziyoyev tegishli rahbarlarga ko'rsatmalar berdi. Barcha dastur va loyihalar shaxsan Prezident nazoratida bo'lishini alohida ta'kidlab o'tdi. Xalqning dardini his qilish, odamlarning muammolarini eshitib, ularni hal etishda Prezident rahbarlardan jonkuyarlik, tartib-intizom talab etilishini yana bir bor ta'kidlab o'tdi.