Dzyudo bo'yicha Budapesht shaxrida katta gran-pri turniri yakunlandi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 27 Iyun 2016 Manba:mcs.uz

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turniri o`z nihoyasiga etdi.
O‘zbekistonlik dzyudo ustalari 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida 55 davlat orasida 11-o‘rinni egallashdi.
Budapesht Gran Prisida hamyurtlarimizdan Charofiddin Lutfullaev (-60 kg), Rishod Sobirov (-66 kg) va Gulnoza Matniyozova (-70 kg) bronza medallari bilan taqdirlandilar.