Dzyudo. Xalqaro dzyudo federatsiyasi Olimpiya reyting jadvalini e'lon qildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 10 May 2016 y Manba:mcs.uz

Unga ko‘ra, erkaklar terma jamoamiz a’zolari o‘z vazn toifalarida quyidagi o‘rinlarni band etib turishibdi.
60 kg. Diyorbek O‘rozboev – 7 o‘rin
Sharofiddin Lutfullaev – 11 o‘rin
-66 kg. Rishod Sobirov – 9 o‘rin
-73 kg. Mirali Sharipov – 10 o‘rin
-81 kg. Shahzodbek Sobirov – 20 o‘rin,
Yahyo Imomov – 26 o‘rin
-90 kg. Sherali Jo‘raev – 24 o‘rin
-100 kg. Ramziddin Saidov – 31 o‘rin
+100 kg. Abdullo Tangriev – 19 o‘rin
Dzyudo. Xalqaro dzyudo federatsiyasi Olimpiya reyting jadvalini e’lon qildi
Eslatib o‘tamiz, XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun reyting ochkolar o‘ynaladigan musobaqalar 29 mayga qadar davom etadi va shundan so‘ng Xalqaro dzyudo federatsiyasi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilar ro‘yxatini e’lon qiladi.
Qoidaga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida har bir vazn toifasida 1-22 o‘rinlarni band etgan polvonlar "Rio-2016” o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘ladilar. Litsenziyalar har bir davlatdan bir nafar sportchiga berilishini inobatga olsak, bugungi kunga kelib erkaklar terma jamoamiz a’zolari barcha vazn toifasida Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasini qo‘lga kiritadigan sportchilar ro‘yxatidan o‘rin egallab turishibdi (Ramziddin Saidovda Osiyo kvotasi mavjud).