Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Elections.uz-2016 press-klubi ochildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 30Noyabr 2016Manba:uzreport.uz

Toshkentda Elections.uz-2016 press-klubi ochildi. Ushbu loyiha O'zbekiston prezidenti saylovi jarayonida aholini tezkor va xolis axborot bilan ta'minlash, qolaversa mahalliy va xorijiy jurnalistlar faoliyati uchun qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirildi. Eslatib o'tamiz, Markaziy saylov komissiyasi saylov jarayonlarni yoritish uchun 1300 dan ziyod OAV akkreditatsiyadan o'tkazdi.
Avvalo shuni aytish kerakki, "Press klub: Saylov-2016 O'zbekiston” mamlakatimizdagi bir qator nodavlat OAV, xususan Uzbekistan Today, Mening Yurtim telekanali, Zor TV, UZREPORT TV, Sevimli-tv.uz internet-telekanali, «Darakchi inform servis», «O'zbekiston kabel televideniyesi», «Poytaxt», «Vodiy sadosi» radiostansiyalari va boshqalarning tashabbusi va sa'yi - harakatilari bilan tashkil etildi. Uning ochilish marosimida Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirza- Ulug'bek Abdusalomov, Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo'mitasi raisi Sodiq Safoyev, O'zbekiston Inson huquqlari Milliy markazi direktori Akmal Saidov, O'zbekiston Elektron OAV milliy asoossiatsiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduxoliqov hamda «UzReport» axborot agentligi bosh direktori Ravshan Djurayevlar ishtirok etishdi. Unda so'z olgan Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirza- Ulug'bek Abdusalomov navbatdagi saylovlarning o'ziga xos jihatlari, unga ko'rilgan tayyorgarlik, qonunlarga kiritilgan o'zgartishlar va albatta jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlarga to'xtalib o'tdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti saylovlarini Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Lyuksemburg, Isroil, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Rossiya kabi o'nlab davlatlardan jurnalistlar yoritish uchun MSK dan akkreditatsiyadan o'tdi. Ularning aksariyati hozir Toshkentda, saylovlarga ko'rilgan tayyorgarlik haqida dunyoning turli burchaklariga ma'lumotlar tarqatishmoqda.
Klub haqida gapiradigan bo'lsak, ushbu multimedia maydonchasida ilg'or texnologiyalar va yechimlar birlashtirilgan, ya'ni klubga tezkor internetga ulangan 80 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar o'rnatildi. Natijada jahon standartlariga mos klub tashkil qilindi. Matbuot klubi wi-fi aloqa bilan ta'minlangan. Bu yerda mamlakatimizning 10 ta hududidagi nodavlat telestudiyalar bilan onlayn ulanish hamda Markaziy saylov komissiyasining matbuot markazi bilan to'g'ridan-to'g'ri onlayn aloqaga chiqish imkoniyati bor. Buning uchun klubga alohida uzatuvchi telestansiya o'rnatildi.
6 dekabrga qadar faoliyatini olib boradigan press-klubda saylov bo'yicha bahs-munozaralar, muloqot va uchrashuvlar tashkil etiladi. Shuningdek u saylov natijalarini ham tezkorlik bilan aholiga yetkazishga xizmat qiladi.