Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Erkin Vohidov tavalludining 80 yillik yubileyiga bag'ishlangan tadbir

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 11 Yanvar 2017 Manba:mcs.uz

Zarbdor tuman madaniyat va aholi dam olish markazi, "Mahalla” jamoat fondi, tuman ma’naviyat-targ’ibot markazi, "Kamolot” YoIH tuman kengashi hamkorlikda tuman madaniyat va aholi dam olish markazi konsert zalida 11 yanvar kuni soat 11:00 da Erkin Vohidov tavalludi 80 yillik yubileyi munosabati bilan 235 nafar talaba yoshlar va mahalla faollari ishtirokida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda tuman Ma’naviyat-targ’ibot markazi rahbari A.Nurmatov, "Mahalla” jamoat fondi bosh mutaxassisi Sh.Qodirov, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tuman shoirasi V.Ibragimova, tuman madaniyat va aholi dam olish markazi mutaxassisi N.Ummatovalar ishtirok etdilar.
Tadbirni Ma’naviyat-targ’ibot markazi rahbari A.Nurmatov ochib berib, shundan so’ng so’zga chiqgan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tuman shoirasi V.Ibragimova buyuk adabiyotshunos, iste’dod egasi Erkin Vohidovning ijodidan na’munalar keltirib, she’rlaridan o’qib berdi, tadbirga kelgan kollej talabalari Erkin Vohidovning hayoti va ijodiga bag’ishlangan sahna ko’rinishi va ijodiy chiqishlari bilan barchaga manzur bo’ldi, yoshlar o’tkazilgan tadbirdan shoirning ijodi bilan yaqindan tanishdilar va Erkin Vohidov ijodiga qiziqishlari yanada oshdi.