Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Ertaga poytaxtimizda Press klub o'z ishini boshlaydi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 29Noyabr 2016Manba:uzreport.uz

Respublikamizda Prezident sayloviga tayyorgarlik qizg'in pallaga kirdi. Shu hafta oxirida mamlakatimiz aholsi ushbu muhim siyosiy jarayonda o'z ovozi bilan ishtirok etadi. Aholining saylov bo'yicha qiziqishlariga tezkorlik bilan javob berish hamda mahalliy va xorijiy jurnalistlar o'z faoliyatini tezkor amalga oshirishi uchun sharoit yaratish maqsadida zamonaviy axborot maydoni ya'ni press klub tashkil etildi. Ertaga 30 noyabr kuni poytaxtimizda joylashgan "International Hotel Tashkent" mexmonxonasida mazkur klub o'z ishini boshlaydi.
Ma'lumki saylov kompaniyasi o'z ishini boshlagandan keyin MSK mahalliy va xorijiy mamlakat jurnalistlarni akkreditatsiyadan o'tkazdi. Ertaga ochiladigan press klubning o'ziga xos jixati shundaki ro'yxatga olingan jurnalistlar qatori akkreditatsiyadan o'tmagan jurnalistlar ham Press klubda tashkil etiladigan loyihalarda ishtrok etishilari mumkin. Jurnalistlarning tezkor makoni o'z ishini boshlagandan keyin klubda nafaqat saylovga oid tadbirlar balki yurtimizning madaniy xayotiga bag'ishlangan taqdimot va ko'rgazmalar ham o'tkaziladi.
"Press klub: Saylov-2016 O'zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan "Mening yurtim", "sevimli-tv.uz", "UzReport TV", "Zo'r TV", "va boshqa bir qator OAV ishtirokida tashkil etildi. Ushbu multimedia maydonchasida ilg'or texnologiyalar va yechimlar birlashtirilgan, ya'ni klubga tezkor internetga ulangan 80 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar o'rnatilgan. Natijada ilg'or jahon standartlariga mos klub tashkil qilindi.Matbuot klubi wi-fi aloqa bilan ta'minlangan. Bu yerda mamlakatimizning 10 ta hududidagi nodavlat telestudiyalar bilan onlayn ulanish hamda Markaziy Saylov komissiyasining matbuot markazi bilan to'g'ridan-to'g'ri onlayn aloqaga chiqish imkoniyati bor. Buning uchun klubga alohida uzatuvchi telestansiya o'rnatildi.
Shu o'rinda ya'na bir ma'lumot Press-klubning rasmiy ochilishida Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug'bek Abdusalomov, Oliy Majlis senatining Tashqi siyosat masalalari qo'mitasi raisi Sodiq Safoyev, Inson huquqlari Milliy markazi direktori Akmal Saidov, o'z nomzodlarini ko'rsatgan partiya vakillari hamda mahalliy jurnalistlar bilan bir qatorda xalqaro OAV vositalari vakillari ishtirok etadi. 6 dekabrga qadar faoliyatini olib boradigan press-klub muhim siyosiy jarayondagi barcha bahs-munozara, muloqot va axborotlar bilan bir qatorda saylov natijalarini ham tezkorlik bilan aholiga yetkazishga xizmat qiladi.