science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

FUTBOL MAVSUMI YANGILIKLARI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 13  Aprel 2018 Manba:edu.uz

Mamlakatimizda talaba-yoshlarni jismoniy barkamol qilib tarbiyalash, ularni turli sport tadbirlari orqali sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Futbol federatsiyasi o‘rtasida 2017 yil 27 dekabrda imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan futbol bo‘yicha Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “O‘zbekiston Futbol federatsiyasi” Kubogi musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqalarda jami 18 ta jamoa ishtirok etdi.
Joriy yilning 13 aprel kuni O‘zbekiston milliy universiteti futbol maydonida mazkur musobaqalarning final o‘yinlari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘yinda hisob ochilmadi. Jamoalar 11 metrlik penalti to‘plarini amalga oshirishdi. Penaltilar bo‘yicha kurash nihoyatda hayajonli daqiqalar ostida kechdi. Xatolar va gollar hisobi tengligi davom etib bordi. G‘oliblikni to‘p tepishdagi birgina xatolik yoki urilgan to‘p aniqlab beradi. Hisob 8:8 ga yetdi, ammo to‘p tepish navbati Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida edi. Ular bu imkoniyatdan unumli foydalandi va navbatdagi, hal qiluvchi golni kiritib, 9:8 hisobda g‘olib bo‘lishdi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti futbol jamoasi hududiy bosqichga yo‘llanma olishdi.