Farg'onaliklarga mukofotlar topshirildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 07 Dekabr 2016 Manba:mcs.uz

Farg‘ona viloyat Teatr-konsert saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikromov ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga binoan Mustaqilligimizning 25-yillik bayrami arafasida Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan Farg‘ona viloyatining bir guruh faollariga mukofotlar topshirildi.
Tadbirda korxona, tashkilot va muassasalar raxbarlari xamda bir guruh faollar qatnashdilar.