Futzal bo'yicha Jahon chempionatiga qur'a tashlandi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 20 May 2016 y Manba:mcs.uz

Joriy yilning 10 sentyabr - 1 oktyabr kunlari futzal bo‘yicha o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston futzal terma jamoasi "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalari bilan birga o‘rin egalladi.
Terma jamoamiz ilk uchrashuvini Panamaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 11 sentyabr kuni 04:00 da boshlanadi. Shundan so‘ng, mezbon terma jamoa – Kolumbiya va Portugaliya o‘rtasida Jahon chempionatining ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchrashuvlar taqvimi:
«A» guruhi 1-tur, 10 sentyabr O‘zbekiston – Panama 18:00 (Toshkent vaqti bilan 11 sentyabr, 04:00)
Kolumbiya – Portugaliya 20:00 (11 sentyabr, 06:00)
2-tur, 13 sentyabr Panama – Portugaliya 18:00 (14 sentyabr, 04:00)
Kolumbiya – O‘zbekiston 20:00 (14 sentyabr, 06:00)
3-tur, 16 sentyabr Panama – Kolumbiya 20:00 (17 sentyabr, 06:00)
Portugaliya – O‘zbekiston 20:00 (17 sentyabr, 06:00)
Ma’lumot uchun: Barcha guruhlardan o‘rin egallagan terma jamoalar quyidagilardan iborat:
"A" guruhi: Kolumbiya, Portugaliya, O‘zbekiston, Panama
"B" guruhi: Tailand, Rossiya, Kuba, Misr
"C"guruhi: Paragvay, Italiya, Vetnam, Gvatemala
"D" guruhi: Ukraina, Braziliya, Mozambik, Avstraliya
"E" guruhi: Argentina, Qozog‘iston, Solomon orollari, Kosta-Rika
"F" guruhi: Eron, Ispaniya, Marokash, Ozarbayjon