Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Gimnastrada: Buxoro shahar jamoasi Respublika bosqichiga ishtirok etadi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 29 Noyabr 2016 Manba:mcs.uz

Har bir insonning kun davomida barcha ishlarni bajarib intilib tezroq boray, farzandlarim davrasida ilik oilam taftidan baxra olay deb intiladigan go‘shasi mukaddas oiladir. Ayol borki olam munavvar. Ularning sha’niga shoirlar xam lutf so‘zlardan gul dastalar- guzal ashorlar bitadilar. Oila bekasi – ayol. Qalbimizning egasi uyimizni yashnatguvchi kunglimizni olguvchi farzandlarimizni voyaga yetkazguvchi xam munisa mushtipar ayoldir.
Bugun davlatimizda uning o‘rni beqiyos. Xotin-qizlarimizning jamiyatdagi faoliyatlari xukumatimiz e’tiborida. Sog‘lom oila jamiyat tachnchi, soglom farzandlar nurli kelajak jolalari. Viloyatimizda xotin-qizlarimiz foliyatini yana kengaytirish ayol-qizlarimiz orqali oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida yil tadbirlari orasida an’anaga aylangan ayollarning Gimnastradada ishtirok yana xam rivojlanib bormoqda.
2016 yilning 25 yanvar kuni Buxoro shaxri "Nafis” sport majmuasida Gimnastradaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada viloyat xokimi o‘rinbosari Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Zulfiya Nozimovna so‘zga chiqib "Bu musobaqa nafaqat guzal ayol-xotin qizlarimizning jamiyatdagi rolini oshirish uchun balki kelajakka xam ana shunday chiroyli an’analarni yetkazib berish oilada sog‘lom xayotni shakllantirish, sportni sevish, barchani sog‘lom yashashga chaqirish, shuningdek lobar xotin-qizlarimizni jamiyat uchun muhim insonlar ekanliklarini yana bir bor sezdirish uchun tashkil etildi”-deya faxr bilan aytib o‘tdi.
Ushbu musobaqalarda guruxlar 6 namenatsiya bo‘yicha baxslashishdi. Bayram xaqiqiy san’at, raqs, axillik bayramiga aylanib ketdi. Unda viloyatimiz shahar va tumanlaridan vakillar ishtirok etib quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Buxoro shaxri 1-o‘rinni, Shofirkon tumani 2-o‘rinni, Peshku tumani 3-o‘rinni egallashdi. Golib va sovrindorlarni diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.