Hasanboy Do'stmatov (49 kg) meksikalik Velaskeso Josaletiga qarshi jang olib bordi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 9 Avgust 2016 Manba:mcs.uz

Shuningdek, yana bir bokschimiz Hasanboy Do‘stmatov (49 kg) meksikalik Velaskeso Josaletiga qarshi jang olib bordi. Shiddatli va tezkor kechgan jangda hamyurtimiz raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etib, u ham keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
E’tiborli tomoni shundaki, musobaqalar mobaynida o‘zbek bokschilari mag‘lubiyatsiz g‘alabalar bilan saralash bosqichidan o‘tayotganlari natijasida, ularni ringga chiqib kelayotgan vaqtida sport delegatsiyasining qo‘llab-quvvatlovchi guruhi bilan bir qatorda Braziliyalik muxlislar ham "UZBEKISTON”, "UZBEKISTON”, "UZBEKISTON” degan xayqiriqlar bilan kutib olinishi butun zalni larzaga solib yubordi.