science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Hayajonli daqiqalarga boy 'So'nggi qo'ng'iroq'

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 25 May 2017 Manba:uzreport.uz

Har yilning 25 may tongida shunday odat, shunday ruh hukm suradiki bu damlarni o'quvchilar eng xayajonli daqiqalar sifatida butun umr xotirasida saqlaydilar. Ko'ngildagi orzular qanchalik ezgu bo'lishiga qaramay bugun 9-sinfni bitirayotgan o'quvchilar jonajon maktablarini tark etadi. Poytaxtimizdagi 279-sonli maktabda So'nggi qo'ng'iroq odatdagidek O'zbekiston madhiyasi bilan boshlandi. Bayramda ustozlar, o'quvchi-yu, bitiruvchilar bilan bir qatorda ota-onalar ham ishtirok etishdi. So'nggi qo'ng'iroqda turli tanlovlar, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida munosib ishtirok etgan o'quvchilar nomlari alohida tilga olinib, ularga maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi. So'nggi qo'ng'iroq bu ularning bolalik davri bilan xayrlashish va katta hayotga qadam qo'yish onlaridan darak beradi.
- Bugun 25 may, biz maktabni tamomlamoqdamiz. Men 9-sinfni bitirdim. Albatta, bugun biz uchun juda hayajonli kun, axir biz jonajon maktabimiz bag'rini tark etmoqdamiz. Endi oldimizda katta tanlov turibdi, qaysi kollejga kirish, qaysi kasb egasi bo'lishni aniqlab olishimiz kerak. Bular bizning kelajak hayotimizni belgilab beradi. Biz endi katta hayotga qadam qo'ymoqdamiz. Bu har birimiz uchun juda muhimdir. Shu bilan birga, tanlovimiz puxta o'ylangan bo'lishi lozim. Bunda bizga maktabimiz katta yordam beradi, bu yerda biz ilm oldik, ustozlarimiz kerakli saboqlarni berishdi. Men grafika rassomi kasbini tanlashga qaror qildim. Kelgusida shu kasbni mukammal egallash va muvaffaqiyatlarga erishish niyatidaman. - deydi 279-sonli maktab bitiruvchisi Karabayeva Xusnora UzReport AA muxbiriga bergan intervyusida.
Kechagina birinchi sinfga qadam qo'yib, o'qish yozishni o'rgangan bolajonlar bugun maktab bitiruvchisi, ertadan esa ular uchun katta hayotning ilk kunlari boshlanadi.
So'nggi qo'ng'iroqda maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar hamda raqslar namoyish etildi. Bayramona tadbirning yakuniy qismida bitiruvchilar tomonidan vals ijro etildi. Mustaqil hayotda baland cho'qqilarni zabd etish timsoli sifatida osmonga kabutarlar uchirildi. Shundan so'ng uzoq kutilgan so'nggi qo'ng'iroq chalindi.
Bundan tashqari maktab bitiruvchilari uchun quvnoq interaktiv tarzda so'nggi dars bo'lib o'tdi. Unda bitiruvchi sinf o'quvchilari o'qituvchi tomonidan tayyorlangan kutilmagan, shu bilan birga qiziqarli vazifalarni bajarishdi. 1-sinf bitiruvchilari esa ular uchun tayyorlagan sherlarini o'qib berishdi.