science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

INNOVATSION G‘OYALARIMIZ - VATANIMIZ RAVNAQI UCHUN

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 13  Aprel 2018 Manba:edu.uz

Joriy yilning 12 aprel kuni vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi zalida Olmazor tumani “Yoshlik” shaharcha hokimiyati, O‘zXDP “Yoshlik” talabalar shaharchasi Kengashi bilan hamkorlikda “Biz bo‘lmasak, Kim?” ko‘ngilli yoshlar guruhi tomonidan 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risidatalaba-yoshlar o‘rtasida “Innovatsion g‘oyalarimiz-Vatanimiz ravnaqi uchun” shiori ostida, loyihalar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi A.Umaraliyev, O‘zXDP Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati X.Babaxanov, Olmazor tuman4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Aripov, O‘zbekiston nogronlar jamiyatining “Yoshlik” talabalar shaharchasi bo‘limi raisi U.Ahmedov hamdaOliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talaba-o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yaratilgan kuchli ijtimoiy himoya tizimi asosida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning himoyasini kuchaytirish yuzasidan, shuningdek,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida qabul qilingan Dastur ijrosini ta’minlash,nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaaatlarini himoya qilish, ayniqsa nogironligi bo‘lgan yoshlarning orzu umidlari, ularning intilishlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Tanlovda “Sayyor dasturxon” loyihasi bilan ishtirok etgan O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-kurs magistranti Mansurov Ulug‘bek 1-o‘rin; “Yorug‘ yo‘l” deb nomlangan loyihasi bo‘yicha O‘zMU Matematika fakulteti 2-kurs magistranti Babadjanov Sodiqjon 2-o‘rin;“Bor imkoniyatdan foydalanish bu yuksalish garovidir” loyhasi bo‘yicha Sobirova Munisa 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etishgan nogronligi bor shaxs talabalarga yuqoridagi tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.