Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Ijodimiz senga, Vatan nomli yosh bastakorlar respublika tanlovi g'oliblari taqdirlandi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 12 Dekabr2016 Manba:mcs.uz

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida "Ijodimiz senga, Vatan! ” nomli yosh bastakorlar respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi va gala konsert o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi tomonidan ta’sis etilgan yosh bastakorlarning Respublika tanlovi mamlakatimizda bastakorlik san’atini rivojlantirish, yosh iqtidorli bastakorlarni izlab topish, ularning ijodini yanada jonlantirish, yaratilayotgan yangi asarlarni keng ommaga tanitish orqali Vatanni madh etuvchi, milliy istiqlol g‘oyalarini o‘zida jam etgan yangi asarlar yaratilishini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlov 35 yoshgacha bo‘lgan bastakorlar, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchilari va o‘qituvchilari, professional badiiy jamoalar va tashkilotlar xodimlari, madaniyat va san’at muassasalari vakillari o‘rtasida tashkil etildi.
Tanlovning birinchi bosqichi 2016 yil 11-13 oktyabr kunlari o‘tkazilib, unda 82 ta yosh bastakorlar tanlov shartiga ko‘ra 85 ta oldin boshqa sahnalarda ijro etilmagan asarlarini taqdim etdilar.
Birinchi bosqichda muvaffaqiyatga erishgan 26 nafar yosh bastakorlar respublika tanlovining yakuniy bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ularning ijodlari nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, quyidagilar: Yakkaxon ijrochilar uchun vokal va kamer asarlar yo‘nalishi bo‘yicha 1-guruh (20 yoshgacha)da andijonlik Shohabbosbek Ibayjanov;
2- guruh (21-35 yoshgacha)da qashqadaryolik Akmal Safarov;
Estrada yo‘nalishidagi cholg‘u va vokal asarlar, yakkaxon ijrochilar uchun vokal va kamer asarlar yo‘nalishi bo‘yicha andijonlik Mirzohid Bozorov; Simfonik orkestr, xalq cholg‘u orkestri uchun asarlar yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent shahridan Qahramon G‘ulomjonovlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.