Iste'dodlilar saralab olindi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 7 Noyabr 2016 Manba:mcs.uz

O‘sib kelayotgan yosh avlodning tafakkurini boyitish va mustahkamlash, ularning san’atga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirish, o‘zbek milliy teatr san’ati, tomosha va suhandonlik tarixi asoslari hamda yutuqlarini yoshlar qalbiga chuqur singdirish, jahon andozalari asosida zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, respublikamizda madaniy-ma’rifiy va ijodiy-badiiy sohalarda erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etish maqsadida Yoshlar madaniyat va san’at markazida "Yoshlar teatr studiyasi” loyihasi tashkil etilgani va ularning faoliyati haqida sizni xabardor etgan edik.
Joriy yilning 7 noyabr sanasida "Yoshlar teatr studiyasi” loyihasi uchun yangi ishtirokchilar saralanib olindi. Malakali mutaxassislar hamrohligida 100 nafardan ziyod yoshlar orasidan 20 nafar yosh iste’dod egalari, teatr san’ati yo‘nalishidan bepul bilim olish va mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ma'lumot uchun: Loyiha a’zolari 9 noyabrdan darslarni boshlaydilar.