Kelajagimiz uchun ovoz beraylik

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 01 Dekabr 2016 Manba:mcs.uz

Mana, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ham 3 kun qoldi. Butun respublikamiz bo‘ylab saylovga tayyorgarlik jarayoni jadal ketmoqda. Bu yilgi saylov avvalgilaridan o‘zgacha bo‘lmoqda, salovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Respublikamiz aholisiga o‘z fuqarolik burchlarini to‘liq bajarishlari uchun tegishli Qonunlarga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda ehtiyot qamoq chorasi qo‘llanilayotgan fuqarolar ham ovoz berishlari mumkin, shuningdek ro‘yhatda boshqa joyda tursada, saylov kuni qaysi manzilda bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘sha yerdagi saylov uchastkasida fuqarolarimizning ovoz berishi mumkinligi alohida e’tiborga molik.
Bundan tashqari Toshkent shahrining barcha jamoat transportlari aholiga 4 dekabr kuni ertalabki soat 5 dan bepul xizmat ko‘rsatishi, shuningdek har bir saylov uchastkada aholiga yengillik yaratish maqsadida 4-5 tadan avtomobillar ajratilishi dunyoning xech bir mamlakatida kuzatilmagan.
Markaziy saylov komissiyasida kecha-kunduz faoliyat yuritayotgan "ishonch telefoni” va elektron pochta tashkil etilganligi, bugungi kunga qadar Markaziy saylov komissiyasi va okrug saylov komissiyalari tomonidan 5 ta yirik Xalqaro tashkilotdan 100 dan ortiq xalqaro kuzatuvchi (yana 400 nafar kutilmoqda) akkreditatsiyadan o‘tganligi, shuningdek saylov kampaniyasini yoritish uchun milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat 1500 dan ziyod xodimlar akkreditatsiyadan o‘tkazilishi, ularni zarur axborot materiallari bilan ta’minlash maqsadida «Saylov-2016» press-klubining ochilishi - saylovning ochiq demokratik ruxda o‘tayotganligi isbotidir.
Respublikamiz bo‘ylab tashkil etilgan 9383 ta, shu jumladan xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalarimizdagi 44 ta saylov uchastkalari saylovga shay xolatga keltirilgan. Ushbu saylov uchastkalari qatorida Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi 200 ga yaqin ob’yektlarda ham shunday saylov uchastkalari tashkil etilgan. Birgina Toshkent shahrining vazirlik tasarrufidagi ob’yektlardagi 13 ta saylov uchastkasi bilan tanishganimizda, yuqorida qayd etilgan barcha sharoitlarning yaratilganligiga guvox bo‘ldik.
Quyida Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zahirasi sport maktabidagi 602-saylov uchastkasidan fotolavxalar keltiramiz.
Aziz yurtdoshlar, 4 dekabr kuni mamlakatimiz Prezidentligiga bo‘ladigan saylovda yaratilgan sharoitlardan to‘liq foydalangan holda, o‘z fuqarolik burchimizni ado etib, o‘zimiz va farzandlarimiz kelajagi uchun ovoz beraylik.