Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Kengaytirilgan uchrashuvda tashiklot faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari muhokama etildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 24 Iyun 2016 Manba:uzreport.uz

SHHT a'zo-davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvidan so'ng, Sammit o'z ishini kengaytirilgan doirada davom ettirdi. Uning ishida a'zo- davlatlar rahbarlari hamda kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlar yetakchilaridan tashqari BMT, MDH kabi xalqaro tashkilotlardan ham vakillar ishtirok etdi. Yig'ilish kun tartibiga ko'ra, unda SHHT faoliyati va ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari muhokama etildi. Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, SHHTning boshqa xalqaro tuzilmalar va davlatlar bilan aloqalarini kengaytirish hamda kuzatuvchi-davlatlar va muloqot bo'yicha hamkor davlatlarni amaliy hamkorlikka keng jalb etish masalalari ko'rib chiqildi.
Yig'ilish reglamentiga ko'ra, tashkilotga a'zo-davlatlar rahbarlarining sammit kun tartibiga qo'yilgan masalalar bo'yicha chiqishlari tinglandi. Unda SHHT ga yangi a'zolarning qo'shilishi, tuzilma imkoniyatlarini kengaytirishi, xususuan Hindiston va Pokistonning mazkur tashkilot a'zolari safiga ko'shilishi SHHT faoliyatini yangi bosqichga ko'tarib, uning xalqaro maydondagi maveini yanada mustahkamlashi ta'kidlandi.
Yig'ilishda a'zo-davlatlar rahbarlari tomonidan tashkilot doirasida savdo- iqtisodiy, moliyaviy- investitsion hamkorlikni kengaytirish, o'zaro kapital va ishchi kuchi aylanmasi uchun qulay sharoit yaratish, bu boradagi to'siqlarni baratarf etish yuzasidan amaliy takliflar o'rtaga tashlandi.
Qolaversa, xalqaro maydonda yangi tahdidlar yuzaga kelayotganligini hisobga olgan holda mazkur tuzilmaning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashdagi mas'uliyatini yanada oshirish, bu borada tashkilot oldida turgan umumiy vazifalarni hal etish, terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo'yicha qo'shma chora-tadbirlarni qabul qilish yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.