science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

MEHNAT YARMARKASIDA 2 MINGGA YAQIN YOSHLARGA YO’LLANMA BERILDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2 Aprel 2018 Manba:edu.uz

Bugun Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy bo‘linmalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Mehnat yarmarkasida 130 ga yaqin tashkilot-muassasalar hamda vazirlik-idoralar o‘zlarida mavjud 1030 ming bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.
Aytish joizki, butun jahonda kuzayotilayotgani kabi, yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislarga ehtiyoj juda yuqori. Mazkur tendensiya axborot texnologiyalarining sohalarga chuqur kirib borayotgani bilan bog‘liq. AKT foydalanuvchilarining talab va ehtiyojlari, hukumat tomonidan soha rivoji uchun amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga ishtirok eta oladigan, mustaqil fikrli, o‘z ustida ishlaydigan bilimli IT-mutaxassislar hech bir qiyinchiliksiz jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketmoqda.
Mehnat yarmarkasiga tashrif buyurgan 2 mingga yaqin ishtirokchilarga ishga kirish uchun o‘tkaziladigan suhbatga yo‘llanmalar taqdim qilindi.