Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Ma'naviy qadriyatlarni qayta tiklash

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 17 Март 2017 Manba:urdu.uz

2017 yil 17 mart kuni Tarix fakulteti ma’ruzalar zalida “Ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda kafedra mudiri va kafedra professor o‘qituvchilari ishtirok etib, ma’ruza qildiilar. O‘. Abdullaev so‘zga chiqib o‘z ma’ruzasida xalqimiz ma’naviyat va madaniyat, ta’lim va tarbiya sohalarida boy merosga ega bo‘lib, yosh avlodini hamisha insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehnat sevarlik, mehr-oqibat, birodarlik va kamtarlikka umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “YUksak ma’naviyat — engilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek, Ma’naviyat — insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.
Ma’naviyat — ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga, bugunni esa kelajakka bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajaradi. U ota-bobolarimiz to‘plagan jamiki yaxshifazilatlar va xislatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ajdodlarimiz to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o‘zida mujassam etadi. Tariximizning boyligi va buyukligi, avvalo, xalqimizning yuksak ma’naviyati va ma’rifati bilan bog‘liqdir. Bugun O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 25 yillik shonli sanasini nishonlash arafasida — Prezidentimiz istiqlolning ilk kunlaridan boshlab, avvalambor, barchamizni o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga katta javobgarlik hissi bilan yondashishga da’vat etib, buning sababini “yoshlar xalq ma’naviyatining munosib egalaridir” deb uqtirgani va bu boradagi siyosat qanday izchillik va samaradorlik bilan davom etayotganiga yana bir bor e’tibor qaratish joiz, deb bilamiz.
SHundan so‘ng, kafedra professor o‘qituvchilari so‘zga chiqib, o‘z ma’ruzalarida yurtboshimizning tashabbusi va tarixiy jasorati bilan 1989 yildayoq o‘zbektiliga davlat tili maqomi berilgani, Prezidentimiz tomonidan 1990-1991 yillarda qabul qilingan qator hujjatlarga muvofiq yurtimizda “Navro‘z” bayrami qayta tiklangani, Ramazon va Qurbon hayitlari katta bayram hamda dam olish kunlari deb e’lon qilingani bu kabi muhim tarixiy qarorlar xalqimizning asri orzu va armonlari ro‘yobga chiqishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanishi yo‘lida ilk yirik qadamlar bo‘lganini alohida ta’kidlash darkor.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishda, uning eng muhim Masalalarini izchillik bilan hal etishda, bu jabhadagi ishlarni har gal yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishda, hechshubhasiz, YUrtboshimizning shu boradagi asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va qarorlari dasturil amal bo‘lmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan 2006 yil 25 avgustda imzolangan “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida” gi qaror bu boradagi tashkiliy va amaliy ishlarni, g‘oyaviy-uslubiy yondashuvlarni takomillashtirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu qarorning samarasi birinchi navbatda shunda namoyon bo‘ldiki, joylarda Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirishga qaratilgan ma’naviyat va ma’rifat ishlariga e’tibor yanada kuchaydi. Bu boradagi faoliyat yangicha ruh, ma’no-mazmun bilan boyidi.
Mazkur qarora sosida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, viloyatlarda uning mintaqaviy-hududiy bo‘limlari, shuningdek, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, maxsus targ‘ibotchilar guruhlari tashkil etildi. Barcha viloyatlarda hokimlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlashdi.