Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Milliy va zamonaviy estrada xonandaligida yangi o‘quv mavsumi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 09 Dekabr2016 Manba:mcs.uz

Kuy-qo‘shiqqa, san’atga muhabbat, musiqaga oshuftalik xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Zero, ezgulikka tutash bu tuyg‘ular zaminida insoniylik, vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat, vafo kabi tushunchalar shakllanadi.
Ma’lumki, Yoshlar madaniyat va san’at markazida ijodkorlar mas’uliyatini oshiradigan, izlanishga undaydigan, iste’dodini charxlab, ijodda toblaydigan turli loyihalar, ko‘rik-tanlovlar, festivallar muntazam o‘tkazilmoqda.
Ayni damda faoliyatini davom ettirayotgan loyihalardan "Milliy va zamonaviy estrada xonandaligi” yo‘nalishi a’zolari ham rejaga asosan bir qator samarali ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, uch oy avval o‘qishni boshlagan ishtirokchilar hozirda bitiruv konsert dasturiga tayyorgarlik ishlarini borayotgan bo‘lsa, o‘qituvchilar guruhi kasting asosida yangi o‘quvchilarni qabul qildilar.
Markazga tashrif buyurib hujjat topshirigan 100 nafardan ziyod yoshlar orasidan saralab olingan 50 nafar yosh xonandalar kelgusida o‘z iqtidorlarini kashf etib, iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilgan Yoshlar madaniyat va san’at markazida estrada hamda vokal darslaridan saboq olishni boshladilar.