Namanganda 'Yangi yil' bayram tadbirlari davom etmoqda

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 7 Yanvar 2017 Manba:mcs.uz

Namangan shahridagi Z.M.Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘i, "Kamolot” yoshlar bog‘i hamda tumanlarning markazlarida yangi yil archasi o‘rnatildi.
Jumladan, 29 dekabr kuni viloyat musiqali drama teatrida "Prezident archasi” bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda iqtidorli yosh san’at ustalari, 6-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari, "Gimnastra” bolalar guruhlari, iste’dodli yoshlari ishtirokida konsert dasturi hamda teatr ijodiy jamoasi tomonidan "Sehirlangan archa” deb nomlangan yangi spektakl namoyish etildi.
"Prezident archasi” bayram tadbirlarida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan oila farzandlari, yilning eng faol yoshlari ishtirok etadilar.
2016 yil 25 dekabrdan 2017 yil 10 yanvargacha Namangan shahar va tumanlar markazlaridagi joylarda 13 tadan iborat yangi yil archalari bezatilib, archa atrofida "Qorbobo” va "Qorqiz”, hamda ertak qaxramonlari, "Nihol” davlat mukofoti sovrindorlari "Namangan navolari”, "Namangan gullari” ashula va raqs ansambllari, "Samo” vokal cholg‘u ansambli, "Zamon”, "Diyor” guruhlari, bolalar guruhlari iste’dodli yoshlar hamda estrada xonandalari, taniqli san’atkorlar ishtirokida bayram shou-konsert dasturlari namoyishi davom etmoqda.