Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini о‘rganish bо‘yicha ilmiy-amaliy seminar о‘tkazildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 24 May 2017 Manba:edu.uz

О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi farmoni bilan mamlakat taraqqiyotining kelgusi 5 yilga mо‘ljallangan ustuvor yо‘nalishlari aniq belgilab berildi.
Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha aniq, hayotiy islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berilgan.
Ayniqsa, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga e’tibor qaratilayotgani, ta’lim sifatini oshirishga urg‘u berilayotgani, qonun ustuvorligini, millatlararo bag‘rikenglikni ta’minlash asosiy maqsad sifatida belgilangani diqqatga sazovordir. Bu esa - Barqaror rivojlanish maqsadlarining ilg‘or g‘oyalariga tayangan holda, inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omili sanaladi.
Joriy yilning 19 may kuni universitetda 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini о‘rganish bо‘yicha ilmiy-amaliy seminar о‘tkazildi. Mazkur seminarni universitet о‘quv ishlari bо‘yicha prorektori D.Ergashev ochib berdi hamda tadbirga tashrif buyurgan soha mutaxassislariga о‘z minnatdorchiligini bildirdi. Mazkur seminarda mamlakatimizning kо‘zga kо‘ringan mutaxassislari, ekspert-olimlari Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha о‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha harakatlar strategiyasining ilmiy-nazariy asoslari bо‘yicha Toshkent davlat madaniyat va san’at instituti professori, sotsiologiya fanlari doktori M.Bekmurodov, Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha universitet professori, falsafa fanlari doktori M.Qaxxarova, Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazi professori, yuridik fanlari doktori I.Nasriyev, Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi R.Hakimov, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, falsafa fanlari doktori I.Soifnazarov, Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur о‘ylangan, о‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yо‘nalishlar bо‘yicha Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabi о‘qituvchisi, tarix fanlari doktori I.Islamov va Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirishning usul va vositalari bо‘yicha mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zMU professori, falsafa fanlari doktori N.Shermuxamedovalar о‘zlarining taqdimotlari orqali tadbir ishtirokchilariga Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati bо‘yicha tushunchalar berdilar. Tadbir sо‘ngida tadbir ishtirokchilari о‘z savollariga mutaxassis va olimlardan tо‘liq javob oldilar. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.