Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Nukusda davlat pedagogika institutida «Ma'naviyat va ma'rifat haftaligi» o'tkazildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 4 Март 2017 Manba:edu.uz

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 27 fevral – 4 mart kunlari «Ma’naviyat va ma’rifat haftaligi» o‘tkazildi.
Haftalik doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning hayot yo‘li va xizmatlari, ularning bizga qoldirgan asarlarida ilgari surilgan konseptual g‘oyalar va dasturiy fikrlarni keng targ‘ib qilish, shuningdek, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan «Birinchi Prezident Islom Karimov asarlari bilimdoni» ko‘rik-tanlovi barchada katta taassurot qoldirdi. Murosasiz bahslarga boy bo‘lgan tanlovda «Barkamol avlod» jamoasi birinchi, «Mustaqillik yoshlari» jamoasi ikkinchi va «Taraqqiyot» jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Tanlov g‘oliblariga institut rektorati tomonidan tayyorlangan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni mustahkamlash va milliy-madaniy markazlar bilan ishlashni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar Dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 2 mart kuni «O‘zbekiston – umumiy uyimiz» mavzusidagi festival bo‘lib o‘tdi.
Festivalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari Maxset Aleuov, Koreys milliy-madaniy markazi direktori o‘rinbosari Ten Marina Aleksandrovna, Turkman milliy-madaniy markazi faoli Tirkesh Bayjanov, Qozoq milliy-madaniy markazi faoli Janar Tangirbergenova, jamoat tashkilotlari, fakultet dekanlari, pedagog-xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Shundan so‘ng institut iqtidorli talabalari tomonidan «O‘zbekiston – umumiy uyimiz!» festivalining konsert dasturi namoyish etildi. Dasturda o‘zbek, qoraqalpoq, turkman, qozoq, rus, ukrain, qozoq, koreya, ingliz tillarida tayyorlagan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirda ommaviy axborot vakillaria vakillari ham qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni targ‘ibotiga bag‘ishlangan «Tinchlik qadri» mavzusidagi uchrashuv pedagoglar, talaba-yoshlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida joriy yil 3 mart kuni o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining favqulotda vaziyatlar bo‘yicha tergovchisi P.Bekniyazov «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevral kungi «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorining mazmun-mohiyati haqida, Beruniy nomidagi o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi J.Iskenderov «Islom ma’rifatni ulug‘lovchi dindir», ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Q.Qodirov «Xalqaro diniy ekstremistik tashkilotlar va Afg‘oniston muammosi» mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida «Qiyomatga qolgan qarz» hujjatli filmi namoyish qilindi hamda talabalar bilan ushbu filmda aks ettirilgan holatlar bo‘yicha fikrlar almashildi.