Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

O‘YNING MATERIALLASHUVI – HAQIQAT

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 9  Aprel 2018 Manba:edu.uz

Mart oyida “Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” tanlovida Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti Zamira Ayimbetova eng yosh ishtirokchi ekanligiga qaramasdan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ayimbetova Zamira bir necha bora respublika fan olimpiadasining g‘olibi. 2012-2013 o‘quv yilida Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani bo‘yicha g‘olib deb topilib, Qoraqalpoq davlat universitetining Qoraqalpoq tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha imtihonsiz o‘qishga qabul qilingan.
Magistrant Ayimbetova Zamira “O‘zbekiston qaxromoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri I.Yusupov poeziyasida I.Karimov obrazi” nomidagi maqolasi bilan qatnashgan. Shuningdek, Z.Ayimbetova maqolani ingliz tilida yozib, Rossiya davlatidagi “Foreign languages: Theory and practice” xalqaro jurnalida chop ettirdi.
Z.Ayыmbetova mazkur tanlov haqida televideniyeda e’lonni ko‘rib, “Albatta tanlovda qatnashaman, hech bo‘lmasa 3-o‘rinni qo‘lga kiritaman” – deb fikr qilgan. U inson o‘yi materiallashuvi rost ekanligidan faxrlanadi.Ilm yo‘lida buyuk maqsadlarni qanot qilib olgan magistrant Z.Ayimbetovaga ushbu g‘oliblik yutuqlarining boshi bo‘lishini tilaymiz.
Z.Ayimbetova 3-o‘rin g‘olibi bo‘lgani uchun diplom va eng kam oylik ish haqining 50 barobarida moddiy mukofotlandi.