science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

O‘ZBEKISTON-KOREYA: DAVLAT XIZMATI TIZIMIDA HAMKORLIK

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 26 Mart 2018 Manba:edu.uz

Joriy yilning 26 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda kadrlar siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul xodimlar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, akademiya tinglovchilari uchun Koreya Respublikasining personalni boshqarish vaziri Kim Pan Sokning “Koreya Respublikasining davlat xizmati tizimi” mavzusidagi ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R.S.Qosimov kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida turli sohalardagi munosabatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U va boshqalar so‘zga chiqishdi.