Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya ichki ishlar vazirini qabul qildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 23 May 2017 Manba:uza.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-may kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralarining terrorizm va ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik va qurol-yarog‘lar noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro faol hamkorligini davom ettirish g‘oyat muhim ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda Prezidentimizning shu yil 4-5-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga oliy darajadagi tashrifi davomida qabul qilingan ikki tomonlama, shu jumladan, migratsiya sohasiga oid kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Huquqni muhofaza qilish tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida tizimli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.
Rossiya ichki ishlar vaziri O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi.
V.Kolokolsev mamlakatimiz ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.