O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGINING NAVBATDAN TASHQARI HAY'AT YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 31 May 2017 Manba:mcs.uz

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining navbatdan tashqari kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi 2017 yil 30 may kuni Madaniyat vazirligining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining navbatdan tashqari kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi 2017 yil 30 may kuni Madaniyat vazirligining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri - Muratov Maxmud Mo‘minovich,

vazirning birinchi o‘rinbosari - Xodjimatov Minxojiddin Mirzajonovich,

vazir o‘rinbosari - Akilova Kamola Baltabaevna,

vazir o‘rinbosari - Qo‘qonboev Umidjon Abduraximovich,

Qoraqolpaqiston Madaniyat vaziri, xududiy madaniyat boshqarma boshliqlari hamda vazirlik xodimlari qatnashdi.

Yig‘ilish jarayonida quyidagi xodimlar ma’ruzaga chiqishdi:

Vazir o‘rinbosari - Akilova Kamola Baltabaevna,

Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish Respublika ilmiy-metodik markazi direktori – Haydarov Azamat Haydarovich,

vazirning birinchi o‘rinbosari - Xodjimatov Minxojiddin Mirzajonovich,

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis – Niyazbekov Jamshidbek Muhsin o‘g‘li.

Akilova Kamola Baltabaevna ma’ruzasi davomida,

Birinchi navbatda, kadrlarni joy-joyiga qo‘yish, soha bo‘yicha oliy ma’lumotli, madaniyat va san’at sohalarida katta tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish kerakligini tasdiqlab o‘tdi. Bunda zahira kadrlar bazasini shakllantirishga alohida e’tibor berilishi zarur ekanligi va bu masala bo‘yicha aniq mexanizm yo‘lga qo‘yilishi kerakligini ma’lum qildi.

Ikkinchi navbatda - metodik ta’minotni kuchaytirish. Bu masala yuzasidan madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etib, Respublika ilmiy-metodik markazini rivojlantirish zarurligini ta’kidlab utdi. Ushbu mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish talab etildi.

Haydarov Azamat Haydarovich o‘z nutqida,

Madaniyat va aholi dam olish markazlariga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha bajarilgan ishlar, hamda kelgusida amalga oshiriladigan asosiy ustuvor vazifalar yuzasidan hisobot berib o‘tdi.

Xojimatov Minxojiddin Mirzajonovich o‘z nutqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi "2017-2018 o‘quv yilida, O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” PQ-2955-son qarori ijrosi bo‘yicha bajarilgan va rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish? iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash? bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda, son va ta’lim yo‘nalishlari uyg‘unligiga erishish? oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari mehnatidan foydalanishini yaxshilash? shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish? tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, hamda diversifikatsiyalash? hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kabi masalalaridir.

Shu bilan bir qatorda vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida yangi 2017-2018 o‘quv yili qabul kvotasi, bakalavriat va magistratura yo‘nalishida qilingan ishlar bo‘yicha to‘la axborot berib o‘tildi.

Niyazbekov Jamshidbek Muhsin o‘g‘li o‘z nutqida,

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. Ayniqsa, murojaatlar yuzasidan yo‘lga qo‘yilayotgan kamchiliklarga alohida e’tibor qaratdi.