Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

O'zDJTUda Ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 25 May 2017 Manba:edu.uz

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi o`rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilari uchun 23 may kuni O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ochiq eshiklar kuni o`tkazildi.
Unda O`zDJTU qoshidagi 1-, 2-,3- hamda 4-son akademik litsey o’quvchilari ham faol ishtirok etdi. Tadbirda nafaqat o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilari, balki ularning ota-onalari ham qatnashdi.
Bitiruvchilar va ularning ota-onalariga universitetda mavjud barcha ta’lim yo`nalishlari, mutaxassisliklari haqida ma’lumotlar berildi. Fakultetlarning iqtidorli talabalаri tomonidan taqdimotlar qilindi.
Tadbir davomida barcha bitiruvchilarga o`zlarini qiziqtirgan ta’lim yo`nalishlari haqida ma’lumotlar aks etgan tarqatma materiallar tarqatildi.