O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hay'at Kengashi majlisi bo'lib o'tdi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 26 Yanvar 2017 Manba:edu.uz

Oliy va o‘rta
Video - selektor shaklida o‘tkazilgan Hay’at majlisida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- vazirlikning Oliy va o‘rta maxsus ta’limni rivojlantirish bo‘yicha 2016 yilda amalga oshirilgan ishlari natijalari hamda joriy yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining 2016 yilda respublikani ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yil uchun ijtimoiy-iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ma’ruzasidan kelib chiqadigan oliy ta’lim tizimi oldidagi vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan vazir o‘rinbosarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, vazirlik tasarrufidagi markazlar va tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risida;
- “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2015 yil 12 iyundagi PF – 4732 – son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasalari hamda vazirlik rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risida.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R.Kasimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining Davlat maslahatchisi A.Yunusxodjaev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari I.Madjidovlar so‘zga chiqdilar.
Majlisda respublika Rektorlar Kengashi Rayosati tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham muhokama qilindi.
Hay’at Kengashi majlisida Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Qishloq va suv xo’jaligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasi federatsiyasi vakillari, “Ma’rifat” gazetasi muxbiri ishtirok etdi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.