Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimi bo'lib o'tdi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 14Dekabr2016 Manba:uzreport.uz

Bugun Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi ochildi.
Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ochdi. U yurtimizda 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganini ta’kidladi.
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 9-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida saylov natijalari ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylangani to‘g‘risida qaror qabul qilinganini qayd etdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi zalda hozir bo‘lganlar va saylovchilar nomidan Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq Prezident Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi: “O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.